Boshqa yangilanish olmaydigan Xiaomi smartfonlari

30-sentabr 2025 16:45 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
yangilanish olmaydigan Xiaomi smartfonlari
Boshqa yangilanish olmaydigan Xiaomi smartfonlari / Foto: Gizmochina

2025-yildan boshlab yangilanish olmaydigan Xiaomi smartfonlari e’lon qilindi. Bu shuni anglatadiki, ular Android’ning yangi versiyalarini, HyperOS’ning so‘nggi talqinlarini va hatto xavfsizlik yangilanishlarini ham olmaydi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Yangilanish olmaydigan qurilmalar

HyperOS 3 yangilanishini olmaydiganlar:

  • Xiaomi: Mi 11 seriyasi (Mi 11, Mi 11 Lite, Mi 11 Ultra va boshqalar), Xiaomi 11T, 11T Pro, 12 Lite, 12X, Civi, Mix 4, Mi Mix Fold, Pad 5 seriyasi.
  • Redmi: Redmi Note 13 (4G va NFC), Redmi Note 12 seriyasi (Note 12, 12 Pro, Pro+, Explorer, Turbo, 12R va boshqalar), Redmi 12, Redmi 12C, Redmi A2 va A2+, Redmi Pad SE.
  • Poco: Poco F5, Poco F4 seriyasi, X5 seriyasi, X4 GT, M6 seriyasi, M5, M4 5G, Poco C seriyasi (C75, C71, C65, C55, C51).

HyperOS 2 yangilanishidan ham chetda qoladiganlar:
Redmi Note 11 seriyasi, Redmi 10 seriyasi, Redmi Pad, Poco M4 Pro, Poco X4 Pro 5G va yana boshqa bir qator modellarga qo‘llab-quvvatlash butunlay tugatiladi.

Nima uchun bu muhim?

Yangilanishlarning to‘xtatilishi telefonlarni xavfsizlik zaifliklari va xakerlik hujumlariga ochiq qoldiradi. Qurilmadan foydalanish imkoni saqlanib qoladi, ammo unda shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni saqlash xavf tug‘dirishi mumkin.

Yangi modelga o‘tish tavsiya etiladi

Mutaxassislar eski qurilmalardan foydalanishda ehtiyot bo‘lishni, muhim ma’lumotlarni boshqa joyda saqlashni maslahat bermoqda. Xiaomi esa yaqinda 6 yilgacha dasturiy yangilanishlar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi smartfonlarini taqdim etdi. Ular uzoq muddat foydalanish uchun xavfsizroq yechim sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung One UI 8.0 yangilanishini rejadan oldin tarqatishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek