
O‘zbekistonda 1-oktabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi hamda bu dam olish kuni hisoblanadi. Shu munosabat bilan 30-sentabr kuni barcha xodimlar ishdan bir soat vaqtli ketish huquqiga ega.
O‘zbekiston Mehnat kodeksining 187-moddasiga binoan, bayram kunlari arafasida barcha xodimlarning ish kuni kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Shu bilan birga, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda yoki ish jarayonini qisqartirish imkoni bo‘lmagan hollarda, qo‘shimcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki uning roziligi bilan belgilangan normalar asosida qo‘shimcha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinishi belgilangan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda shovqin solmaslik vaqti bir soatga uzaytirilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.