Chimyon tog‘ida adashib qolgan yetti kishi qutqarildi
eʼlon qilindi
Ular sayrga chiqqach yo‘ldan adashib qolgan

Chimyon tog‘ida adashib qolgan yetti kishi qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ida sayrga chiqqan yetti nafar fuqaro yo‘ldan adashib, tog‘dan tusha olmay qolgan.

Foto: FVV


Bu haqda FVVga xabar kelishi bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, ularni xavfsiz hududga olib tushdi. Ma’lum qilinishicha, hech kim tan jarohati olmagan.
Avvalroq Bo‘stonliqda o‘lik holda topilgan ayiq bo‘yicha ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidagi bitta Tyan Shan qo‘ng‘ir ayig‘i taxminan 70 – 80 metr balandlikdagi qoyadan yiqilib nobud bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.