Ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda QQSni qaytarish soddalashtiriladi

eʼlon qilindi
Oylik xaridlar summasi BHMning 10 baravarigacha bo‘lsa, QQS miqdori qaytarib beriladi
Ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda QQSni qaytarish soddalashtiriladi
Ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda QQSni qaytarish soddalashtiriladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalar vakillari ijtimoiy karta orqali ayrim tovar va xizmatlarni xarid qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarish tartibi soddalashtiriladi.

Endilikda ijtimoiy karta bilan oylik xaridlar summasi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 baravarigacha bo‘lsa, QQS miqdori qaytarib beriladi. Soliq qo‘mitasi avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq summasini aniqlab, xarid amalga oshirilgan kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ma’lumot yuboradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘ni G‘aznachilik xizmati orqali Soliq qo‘mitasining maxsus hisobiga o‘tkazadi. So‘ng Soliq qo‘mitasi tasdiqlangan jismoniy shaxslar ro‘yxatini vakolatli bankka bir ish kunida taqdim etadi. Bank esa bir ish kuni ichida mablag‘ni fuqarolarning ijtimoiy kartalariga o‘tkazadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ijtimoiy karta qay tartibda ishlashi va kimlar uchun berilishi haqida xabar qilgandi. Mazkur karta 2024-yilning dekabr oyidan boshlab yangi tayinlangan 9 turdagi ijtimoiy toʻlovlar oluvchi shaxslarga taqdim etilmoqda. Ushbu shaxslarga ijtimoiy kartalar bepul beriladi va dastlab toʻlov vositasi (bank kartasi) funksiyasini bajaradi.

Shuningdek