Isroil Jahon chempionati saralashida qolishi mumkin

eʼlon qilindi
Ammo Millatlar Ligasi va Yevropa ligasidan chetlatilish arafasida turibdi
Isroil Jahon chempionati saralashida qolishi mumkin / Foto: Reuters

UEFA Isroil futbol assotsiatsiyasiga qarshi choralarni ko‘rib chiqmoqda, biroq mamlakat Jahon chempionati saralash bosqichidan chetlashtirilmasligi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi.

UEFA faqat o‘z nazorati ostidagi musobaqalardan — Millatlar Ligasi va Yevropa ligasidan Isroilni chetlatishi mumkin.

Shu sababli Isroil terma jamoalari Millatlar Ligasi o‘yinlaridan, «Makkabi Tel-Aviv» esa Yevropa ligasidan chetlatilish ehtimoli yuqori. Ammo Jahon chempionati FIFA vakolatiga kirgani bois, Isroilning saralash bosqichida ishtiroki saqlanib qoladi.

Norvegiya va Italiya Isroil bilan yaqinlashib kelayotgan xalqaro tanaffus davrida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Norvegiyada Amnesty International UEFAga bosim o‘tkazishga chaqirdi, Italiyada esa G‘azodagi voqealar sababli umumxalq ish tashlash o‘tkazildi.

Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina boykot faqat Isroilning imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkinligini aytdi. Norvegiya futbol assotsiatsiyasi rahbari Lise Klaveness esa Isroilni butunlay chetlatish tarafdori ekanini bildirdi.

UEFA ijroiya qo‘mitasi bu hafta masalani muhokama qilishi kutilmoqda. Agar qaror qabul qilinsa, Isroil Yevropa musobaqalaridan chetlatilishi mumkin, biroq Jahon chempionati saralashida ishtirok etishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Dohaga uyushtirilgan havo hujumi va qatarlik fuqaro halok bo‘lgani uchun Qatar hukumatidan rasman uzr so‘ragan edi.

Shuningdek