Sport

«Qayrat» — «Real» o‘yini Olmaota shahri budjetiga 45–65 milliard soʻm foyda keltiradi

Foto: Getty Images

Bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan «Qayrat» va «Real» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtadi.

Qozogʻiston turizm sanoati qoʻmitasi raisi Nurtas Karipbayev SCQdagi brifingda ushbu tarixiy uchrashuv Olmaotaga qancha daromad olib kelishini ma’lum qildi. Bu haqda Offside.kz nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, uchrashuvga barcha chiptalar sotib boʻlingan, shahar esa mehmonlarni qabul qilishga toʻliq tayyor.

«O‘yin 4 mingdan ortiq turistni jalb etishi, budjetga esa 2—3 milliard tenge (45—65 milliard soʻm) tushum keltirishi kutilmoqda», — dedi Karipbayev.

Maʼlumot uchun, «Qayrat» — «Real» oʻyini bugun, 30-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da Olmaota shahrida joylashgan «Markaziy» stadionida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Real» hujumchisi Kilian Mbappe Qozogʻistonga tashrifi chogʻida «Qayrat» muxlisining salomiga alik olgani xabar qilingandi.