Gadjetlar

Red Magic 11 Pro seriyasi 17-oktabrda taqdim etiladi

Nubia
Foto: Nubia

Nubia kompaniyasi tomonidan Red Magic 11 Pro seriyasining taqdimot sanasi e’lon qilindi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Yangi qurilmalar 17-oktabr kuni namoyish etiladi va Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi asosida ishlab chiqiladi. Seriya ikkita modelni o‘z ichiga oladi. Red Magic 11 Pro va Red Magic 11 Pro+ modellari turlicha xususiyatlarga ega. Har ikkisi bir xil konfiguratsiyaga ega bo‘ladi, biroq Pro+ versiyasi 24 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotira bilan ajralib turadi. Oddiy Pro versiyasi esa kamroq RAM hajmi bilan taklif qilinadi.

Red Magic 11 Pro seriyasining taqdimot sanasi qachon / Foto: Gizmochina

Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfonlar yassi ekran va keyingi avlod ostki displey kamerasi bilan jihozlanadi. Ekran kesmalar va teshiklarsiz bo‘ladi, atrofidagi ramkalar esa nihoyatda ingichka qilinadi.

Qurilmalarda 8000 mA·soat sig‘imli akkumulyator, ekranga o‘rnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneri, suvni sovitish tizimi, ichki ventilyator va IP68 darajasidagi himoya mavjud bo‘ladi.

Red Magic 11 Pro seriyasi yuqori samaradorlik, katta xotira imkoniyatlari va kuchli sovitish texnologiyasi bilan mobil o‘yin ixlosmandlari uchun maxsus ishlab chiqilgan flagman sifatida bozorga chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Red Magic — bu Nubia Technology kompaniyasining maxsus o‘yin qurilmalari uchun yaratilgan brendi. U 2018-yilda ta’sis etilgan va Geely’ning ZTE shuba korxonasi hisoblangan Nubia tomonidan boshqariladi. Brendning asosiy maqsadi mobil o‘yinlar uchun eng yuqori quvvat va samaradorlikni taklif etishdir.

Red Magic o‘zini nafaqat smartfonlar, balki o‘yin uchun mo‘ljallangan texnologiyalar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchisi sifatida ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan o‘yin uchun eng kuchli smartfon taqdim etilgani haqida yozgan edi.