
Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar uchun tovushli-yorug‘lik signal qurilmasining shovqini haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.
Unga ko‘ra, hozirda Shota Rustaveli ko‘chasidagi yangi piyodalar svetofori texnik rejimda ishlamoqda. Tizimlar to‘liq ishga tushirilmagan, sozlash va optimallashtirish jarayoni davom etmoqda.
Qurilmada tovush balandligi taxminan 90 dB darajadan 40 – 50 dB gacha pasaytirilmoqda. Bu ko‘rsatkich shahar muhiti uchun qulay hisoblanadi. Shuningdek, qurilmaning ishchi fazalari piyodalar oqimi jadalligiga moslashtirilmoqda: odamlar kamaysa, u avtomatik tarzda o‘chadi va ertalab yana yoqiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda shovqin solmaslik vaqti bir soatga uzaytirilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.