Kino va seriallar

«Simpsonlar» filmi 2027-yilda katta ekranlarga qaytadi

Yangi film syujeti hozircha sir tutilmoqda
Foto: Disney Instagram sahifasi

Disney 2027-yil 23-iyul kuni yangi «Simpsonlar» filmini namoyishga chiqarishini ma’lum qildi. Bu haqda Instagram safisasida ma’lum qildi.

Bu mashhur animatsion serial asosida yaratilgan ikkinchi to‘liq metrajli film bo‘ladi. Avvalgi — The Simpsons Movie 2007-yilda ekranlarga chiqqan edi.

Yangi film syujeti hozircha sir tutilmoqda. 20th Century Studios Instagram sahifasida Gomer Simpsonga oid poster bilan xabarni tasdiqladi. Unda Gomer ustida 2 raqami shaklida qanddon qoplangan pushti ponchikka qo‘l uzatayotgani tasvirlangan. Rasmga «Gomer qo‘shimcha uchun qaytmoqda» degan yozuv ilova qilingan.

Foto: Disney Instagram sahifasi

«Simpsonlar» seriali ilk bor 1989-yil dekabr oyida Fox kanalida namoyish etilgan. Matt Greyning, Jeyms L. Bruks va Sem Saymon tomonidan yaratilgan loyiha hozir ham davom etmoqda. Mashhur oilaning sarguzashtlari asosidagi 37-mavsum yakshanba kuni start oldi.

Multserialdagi asosiy qahramonlarga ovoz bergan aktyorlar safida Dan Kastellaneta (Gomer), Juli Kavner (Mardj), Nensi Kartvayt (Bart) va Yerdli Smit (Liza) bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Maykl Jekson haqidagi film premyerasi 2026-yilga qoldirilgani haqida yozgandi.