Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar belgilandi

eʼlon qilindi
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar belgilandi / Foto: Facebook

2026–2027-yillarda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali 5 mingta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

2025-yil 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha vositalar joriy qilinadi. Jumladan, «chempion» tadbirkorlar toifasiga kiruvchi loyihalarga 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi, kichik biznes mikroloyihalari uchun esa foiz stavkalari pasaytirilgan holda qayta moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrdan tadbirkorlarga qo‘shimcha kafolat va kafilliklar berilishi belgilandi. Yirik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mgacha, ayrim hollarda undan ortiq miqdorda kafolatlar taqdim etiladi. Yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlarga esa mavjud limit 1,5 baravargacha oshiriladi.

2026-yildan uzoq hududlardagi kichik va o‘rta tadbirkorlarning kreditlari Markaziy bank stavkasidan yuqori bo‘lmagan shartlarda qisman kompensatsiya qilinadi. Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalar a’zolarini ishga jalb qilgan tadbirkorlarga 2 foizdan 6 foizgacha qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek