Tramp Hamasga G‘azo tinchlik rejasi bo‘yicha muddat berdi

eʼlon qilindi
3-4 kun
Tramp Hamasga G‘azo tinchlik rejasi bo‘yicha muddat berdi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Hamasga G‘azo tinchlik rejasini qabul qilish uchun 3–4 kun muddat berdi. U agar guruh rad etsa, «juda og‘ir yakun» olib kelishi bilan ogohlantirdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Qatar va Misr vositachiligida tayyorlangan 20 bandlik rejada darhol o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni almashish, Hamasning qurolsizlanishi va xalqaro boshqaruv ostida o‘tish davri hukumatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Tramp bilan birga hujjatni qo‘llab-quvvatladi. Hamas esa rejani «Isroil foydasiga biryoqlama» deb baholagan bo‘lsa-da, uni ko‘rib chiqishga va’da berdi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA, Qatar va Misr tashqi ishlar vazirlari tashabbusni olqishladi.

Turkiya ham vositachilar jarayoniga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda. Netanyaxu esa bir tomondan urushdan charchagan jamoatchilikning tinchlik talabi, ikkinchi tomondan hukumatdagi o‘ng qanot vazirlarning bosimi ostida qolmoqda.

G‘azoda esa ayrim fuqarolar rejani bombardimonni to‘xtatadigan imkoniyat sifatida ko‘rayotgan bo‘lsa-da, Isroil nazoratining tugashiga ishonchsiz qarashmoqda. Shu orada Isroil qo‘shinlari G‘azo shahrining markaziga kirib bordi va aholiga janubga evakuatsiya bo‘lish buyruqlarini tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netanyaxu Dohaga uyushtirilgan havo hujumi va qatarlik fuqaro halok bo‘lgani uchun Qatar hukumatidan rasman uzr so‘ragan edi.

Shuningdek