
Alphabet’ga qarashli YouTube AQSh prezidenti Donald Tramp ochgan sud ishini $24,5 mln to‘lab hal qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Ish 2021-yil yanvaridagi Kapitoliy voqealaridan so‘ng Tramp akkaunti vaqtincha bloklangani bilan bog‘liq edi.
Kelishuvga ko‘ra, $22 mln Oq uyda qurilayotgan $200 mln.lik bal zal loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun Milliy Mall jamg‘armasiga ajratiladi. Qolgan qismi esa boshqa da’vochilar, jumladan, Amerika Konservativ Ittifoqi va yozuvchi Naomi Vulfga yo‘naltiriladi.
YouTube o‘zini aybli deb tan olmadi va siyosatiga o‘zgarish kiritmaydi. Trampning YouTube akkaunti 2021-yilda yangi video yuklash huquqidan mahrum etilgan edi. Bu taqiq 2023-yilda bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilmoqchi ekani haqida yozgan edik.