Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish 2-oktabrdan boshlanadi

eʼlon qilindi
Fuqarolar ariza topshirishni uch yo‘l bilan amalga oshirishi mumkin
subsidiya
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish 2-oktabrdan boshlanadi / Foto: Jupiter money

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish 2-oktabrdan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Fuqarolar ariza topshirishni uch yo‘l bilan amalga oshirishi mumkin. Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish, my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish yoki MyGov mobil ilovasi yordamida ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.

Subsidiyaga da’vogar bo‘lish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholanib, kamida 30 ball to‘plashi kerak.

Shuningdek, uning va yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadi belgilangan chegaralarda bo‘lishi zarur. Viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda bu miqdor 3 mln 431 ming so‘mdan 10 mln 168 ming so‘mgacha, Toshkent shahrida esa 3 mln 431 ming so‘mdan 11 mln 693 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Bundan tashqari, ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i respublika hududida mulk huquqi asosida turar joyga ega bo‘lmasligi shart. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar esa qo‘shimcha mezonlar asosida baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizani topshirish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilgan edi.

Shuningdek