
Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi taekvondo va suzish musobaqalarida navbatdagi yutuqlarga erishdi. Kechagi bahslarda sportchilarimiz jami 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Taekvondo yo‘nalishida Shahzoda Yodgorova (-49 kg), Amina Kamalova (-57 kg) va Umid Turobov (-68 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi. Xudoynazar Shodmonov (+87 kg) esa bronza medalini qo‘lga oldi. Suzish bo‘yicha Sevara Rashidova 50 metrga brass usulida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbek taniqli bokschilari murabbiyiga avtomobil sovg‘a qilishgani haqida yozgan edi.