
Keyingi yil boshida taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Model ilk bor sifatli renderlarda namoyish etilgan.
Smartfonning o‘lchamlari 163,4 x 77,9 x 7,9 mm bo‘ladi. Kamera blokini hisobga olganda qalinlik 12,4 mm gacha yetadi. Displey esa 6,9 dyuymli bo‘lishi kutilmoqda.

Galaxy S26 Ultra 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 60 vatt quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 12–16 GB tezkor xotira va 1 TB gacha doimiy xotira bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Kamera tizimi 200 MP, 50 MP, 50 MP va 10 MP sensordan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, Qualcomm kompaniyasi tasdiqlashicha, Galaxy S26 liniyasi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi.

Shuningdek, Galaxy S26 Pro va Galaxy S26 Edge modellari ham 25 vatt quvvatlash bilan cheklangan. Kamera sohasida ham katta o‘zgarishlar kutilmayapti. Shu sababli mutaxassislar Galaxy S26 Ultra muxlislar uchun unchalik jozibador bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Galaxy S26 Ultra 200 MP asosiy kamera, 50 MP ultra keng burchakli kameraga ega bo‘ladi. U 12 MP modul va 3x optik zoomli telefoto, shuningdek, 50 MP sensorli 5x optik zoomli telefoto kameralar bilan taqdim etiladi.

S26 seriyasining barcha modellari Galaxy S25’dagi kabi 12 MP old kamera bilan chiqadi. Bu esa barcha kameralar yordamida 4K 60fps va asosiy hamda ultra keng burchakli linzalarda 8K 30fps video olish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Pro, Edge va Ultra yangi rasmlari namoyish etilgani haqida yozgan edi.