Yangiliklar

Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma chiqarildi

Ushbu video yo‘riqnoma haydovchilar uchun qulaylik yaratish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan
Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma chiqarildi / Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasida avtomobillar harakati qanday tashkil etilgani haqida video yo‘riqnoma e’lon qildi.

Mazkur ko‘cha yaqinda rekonstruksiya qilindi va ko‘plab haydovchilar orasida yo‘l harakati tartibi yuzasidan savollar paydo bo‘lgan edi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/end-final-hdfull-hd.mp4
Video: Poytaxt hokimligi

Hokimiyat vakillari tushuntirish berish jarayonida, xususan, Grand Mir Hotel mehmonxonasi yonida tashkil etilgan halqa harakati qanday ishlashi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, chorrahalarda qaysi qatordan chapga burilish mumkinligi ham alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu video yo‘riqnoma haydovchilar uchun qulaylik yaratish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shota Rustaveli ko‘chasidagi piyodalar svetofori tovush balandligi pasaytirilayotgani haqida yozgan edi.