Yangiliklar

Toshkent aeroportida robot-barista o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda

Auksion 7-oktabr kuni o‘tkaziladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Toshkent aeroportida robot-barista o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Aeroportning xalqaro reyslar terminalida robotlashtirilgan kofe tayyorlash uchun joy auksionga qo‘yildi.

E-auksiоn.uz platformasida e’lon qilingan savdoga ko‘ra, 3 kv. metr maydon bo‘shatilgan. Aeroport hududining asosiy qismida aviakompaniyalar va samolyotlarni texnik xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun mo‘ljallangan 30 va 53 kv. metr maydonlar ham sotuvga qo‘yilgan. Ularning boshlang‘ich baholari mos ravishda yiliga 144 mln va 254 mln so‘m etib belgilangan.

Savdoda qatnashuvchi barcha ishtirokchilar texnik talablarga javob berishi lozim. Batafsil ma’lumot, talablar va boshlang‘ich narxlar E-auksiоn.uz saytida keltirilgan. Qayd etilishicha, taklif qilingan narxlar kamida 10 foizga oshirilishi mumkin.

Auksion 7-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgan edi.