
Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» halqa yo‘li 18-oktabrdan qayta ishga tushadi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, «O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi» yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida olib borilgan rejali profilaktika ishlari yakunlanmoqda.
«Profilaktik ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilayotganini inobatga olib, yaqin muddat ichida ushbu yo‘nalish o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. Jumladan, metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) bir muddat harakatlanadi», deyiladi Toshkent metropoliteni DUK xabarida.
Avvalroq Toshkent shimoliy vokzali yonidagi yerosti yo‘li savdo maskanlariga aylantirilishi haqida yozgan edik.