YChL. «Liverpul» kutilmaganda «Galatasaroy»ga yutqazib qo‘ydi, «Tottenhem» esa arang magʻlubiyatdan qutulib qoldi va boshqa natijalar

1-oktabr 2025 07:26 eʼlon qilindi

(1-oktabr 2025 15:53 yangilandi)
Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 2-turidan oʻrin olgan bir qator muhim uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Dastlab safarda «Galatasaroy» mehmoni boʻlgan «Liverpul» minimal hisobda imkoniyatni boy berib qoʻydi. Uchrashuvdagi yagona gol 16-daqiqada Viktor Osimhen tomonidan kiritildi.

YChL. 2-tur

«Galatasaroy» — «Liverpul» 1:0

Gol: Osimhen (pen. 16).

Galatasaroy — Chaqir, Singo, Sanches, Bardakchi, Jeykobs, Lemina, Torreira, Gundo’g’an (Sara, 75), Akgun (Sallai, 72), Yilmaz (Elmali, 85), Osimhen (Ikardi, 72).

Liverpul — Alison (Mamardashvili, 56), Frimpong (Bredli, 62), Konate, van Deyk, Kerkez, Gravenberx (Isak, 62), Saboslay, Jons, Virtz, Gakpo (Saloh, 62), Ekitike (Makallister, 68).

Shuningdek, oʻz maydonida «Benfika»ni qabul qilgan «Chelsi» yakunda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi hal qiluvchi lahza 18-daqiqada sodir boʻldi. Lissabonliklar a’zosi Richard Rios kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.

«Chelsi» — «Benfika» 1:0

Gol: Rios (avt. 18)

Chelsi — Sanches, Gusto (Jeyms, 81), Chaloba, Kukurelya, Badiashile (Achimpong, 81), Kaysedo, Enzo, Neto, Buonanotte Estevao, (54), Garnacho (Gittens, 61), Jorje (Pedro, 61).

Benfika — Trubin, Antonio (Arauxo, 73), Barranechea, Aursnes (Arauxo, 90), Sudakov (Ivanovich, 77), Lukebakio (Shyelderup, 77), Pavlidis, Dedich, Rios (Barreyro, 77), Dahl, Otamendi.

Bundan tashqari, safarda «Pafos» mehmoni boʻlgan «Bavariya» yirik 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollarga myunxenliklar safida Guereyro, Jekson, Keyn (dubl) va Olise mualliflik qilgan boʻlsa, Mislav Orsich mezbonlarning yagona javob toʻpiga mualliflik qildi.

«Pafos» — «Bavariya» 1:5

Gollar: Orsich (45) — Guereyro (20), Jekson (31), Keyn (15, 34), Olise (68).

Pafos — Mikel, Lukasson, Goldar, Luiz (Langa, 59), Jaja (Dimata, 59), Pepe, Sunjich, Piles (Sema, 79), Orsich, Silva (Bassouamina, 59), Dragomir (Quina, 66).

Bavariya — Noyer, Laymer (Bischof, 83), Upamekano (Ta, 73), Kim, Guereyro, Kimmix, Pavlovich, Olise (Karl, 73), Jekson, Dias (Gnabri, 46), Keyn (Boey, (64).

«Inter» esa safarda «Praga» mehmoni boʻlib, Lautaro Martines va Denzel Dyumfrislarning gollari evaziga gʻalaba qozondi.

«Inter» — «Slaviya» 3:0

Gol: Martines (30, 65), Dyumfris (34).

Inter — Zommer, Bissek (Akanji, 67), Acherbi, Bastoni, Dyumfris (Darmian, 76), Zelinski (Barella, 67), Chalhano’g’li, Suchich, Dimarko, Tyuram (Bonni, 66), Martines (Espozito, 67).

Slaviya — Stanek, Hashioka (Chitil, 83), Zima, Chaloupek, Vlchek, Doudera (Mbodji, 49), Dorley, Zafeyris, Sadilek (Shranz, 46), Provod (Cham-Sarashevich, 71), Kusej (Chori, 46).

«Tottenhem» va «Bundyo Glimt» bahsida esa gʻolib nomi aniqlanmadi. Yakuniy hisob — 2:2.

Uchrashuvda londonliklar kambek amalga oshirib, magʻlubiyatdan qutulib qoldi.

«Budyo Glimt» — Tottenhem» 2:2

Gollar: Hauge (53, 66) — Van de Ven (68), Gunderson (avt. 89).

Budyo Glimt — Haikin, Syovold, Byortuft, Alisami (Klynge, 80), Byorkan, Evjen (Gunderson, 87), Berg, Fet, Auklend (Blomberg, 80), Hogh (Helmerson, 80), Hauge.

Tottenham — Vikario, Porro, Danso, Van de Ven, Spens (Udogie, 82), Bergvall (Qudus, 60), Bentankur (Gray, 82), Sarr (Palinya, 69), Jonson (Simons, 60), Risharlison, Odobert.

Madridning «Atletiko» klubi esa o‘z maydonida «Ayntraxt»ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida zafar quchdi.

«Atletiko» — «Ayntraxt» 5:1

Gollar: Raspadori (4), Le Norman (33), Grizman (45+1), Simeone (70), Alvares (pen. 82) — Burkardt (57).

Atletiko — Oblak, Llorente, Norman, Langle, Ruggeri, Simeone (Molina, 75), Gallaher, Barrios (Gonsales, 75), Raspadori (Koke, 55), Grizman (Martin, 90), Alvares (Baena, 90).

Ayntraxt — Kaua, Kollins (Amenda, 58), Koch, Zeyt, Broun (Bahoya, 71), Chaibi, Shiri (Hoylund, 58), Doan (Gyotze, 74), Uzun (Larsson, 58), Knauff, Burkardt.

Shuningdek