Gadjetlar

190 dollarlik Realme 15x smartfoni taqdim etildi

190 dollarlik Realme 15x smartfoni taqdim etildi / Foto: Gizmochina

Realme tomonidan Hindistonda $190 lik Realme 15x smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Yangi model 6,8 dyuymli IPS LCD displeyga ega bo‘lib, 144 Hz yangilanish chastotasi va 1200 nit yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning «yuragi» — MediaTek Dimensity 6300 chipi bo‘lib, unga 8 GB tezkor xotira biriktirilgan. Doimiy xotira hajmi esa 256 GB gacha, microSD orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.

Smartfon 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 60 Vt tezkor simli quvvatlashni qo‘llaydi. Kamera tizimida ikkita 50 megapikselli modul mavjud — asosiy va old kamera.

Qurilma mustahkamligi bilan ham ajralib turadi. Korpus IP68/IP69 himoyasiga ega va harbiy standart MIL-STD 810H sertifikatidan o‘tgan. Operatsion tizim sifatida Android 15 (Realme UI 6 bilan) ishlaydi. Shuningdek, Bluetooth 5.3, ikki diapazonli Wi-Fi va gibrid SIM-slot mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursv Uzbekistan Realme GT 8 va GT 8 Pro smartfonlariga oldindan buyurtmalar boshlangani haqida yozgan edi.