Yangiliklar

Oltin quymalar narxi yangi tarixiy maksimumni qayd etdi

5 grammli oltin quyma narxi 7,73 mln so‘mdan oshdi
Zahira
Foto: FXDG

2-oktabr kuni 5 grammli oltin quyma narxi tarixiy rekordini yana bir bor yangilab, 7,73 mln so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 10 grammli quyma 15,383 mln so‘mdan 15,474 mln so‘mga, 20 grammli quyma 30,766 mln so‘mdan 30,947 mln so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, 50 grammli quyma 77,368 mln so‘m, 100 grammli esa 154,736 mln so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 24-sentabr kuni 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,67 mln so‘mdan oshgani haqida yozgandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning 8 oyida O‘zbekistonda 17 387 ta jami hajmi 380 kilogrammlik oltin quymalari sotildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan media muloqotda ma’lum qilingandi.

2024-yilda bu ko‘rsatkich 14 382 ta (236 kg)ni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yilga nisbatan 2,5 baravarga o‘sish kuzatilgan