Yangiliklar

Abdulaziz Komilov O‘zbekiston – AQSh munosabatlariga izoh berdi

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy baholandi
Abdulaziz Komilov O‘zbekiston – AQSh munosabatlariga izoh berdi / Foto: «O‘zbekiston 24»

Prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston va AQSh munosabatlari bugun barqaror va prognoz qilinadigan bosqichga yetgani aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilgacha hamkorlik asosan xavfsizlik va Afg‘oniston masalalari bilan cheklangan bo‘lsa, Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi bilan ikki davlat o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018-yilda Vashingtonga amalga oshirilgan rasmiy tashrif esa strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi.

Kamilov, shuningdek, Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasida ilgari surgan tashabbuslari O‘zbekistonning milliy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, ular xavfsizlik, ekologiya, Orol dengizi va yoshlar masalalarini qamrab olishini qayd etdi.

Komilovning fikricha, Amerika siyosiy va biznes doiralari ham O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini tan olmoqda. Bu esa ikki tomonlama aloqalarning uzoq muddatli istiqboli uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ziroat Mirziyoyeva BMT forumida bolalar saratoni muammosini ko‘targani haqida yozgan edik.