Yangiliklar

Andijonga Xitoydan 60 ta elektrobus olib kelinmoqda — video

Cambell rusumli
Navoiy
Andijonga Xitoydan 60 ta elektrobus olib kelinmoqda. Foto: Transport vazirligi

Andijon shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish maqsadida 60 ta yangi elektrobus xarid qilindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, «And eco transport» MChJ Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co.,Ltd. kompaniyasidan 60 dona Cambell rusumli elektrobus sotib oldi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/andizhon.mp4
Video: Transport vazirligi

Hozirda elektrobuslarni ishlab chiqaruvchi korxona ularni O‘zbekistonga jo‘natishni boshlagan.

Bundan avval Toshkent viloyatining Nurafshon shahriga 12 ta yangi Yutong va Higer avtobuslari keltirilgandi. Unga ko‘ra, «Nice trans» korxonasi tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan olti dona zamonaviy Yutong va olti dona Higer avtobuslari Nurafshonga olib kelindi. Ular shahar ichki yo‘nalishlarida qatnovni ta’minlaydi.