Bitiruvchilarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashuvi raqamlashtiriladi

eʼlon qilindi
Barcha jarayonlar «Yagona milliy mehnat tizimi» IDAK platformasi orqali amalga oshiriladi.
OTM qabul
Foto: Vuzopedia

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish jarayonini raqamlashtirish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumat qarori bilan nizom tasdiqlandi.

Endilikda barcha jarayonlar «Yagona milliy mehnat tizimi» IDAK platformasi orqali amalga oshiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, ta’lim muassasalari har yili 1-oktabrgacha bitiruvchilar amaliyotini tashkil etish uchun platformada korxonalarga so‘rov yuborishi kerak bo‘ladi. Korxonalar bilan tuziladigan shartnomalar esa amaliyot boshlanishidan kamida uch hafta oldin rasmiylashtiriladi.

Bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar yakuniy davlat attestasiyasi xulosasiga asosan platformaga kiritiladi. Shu bilan birga, korxonalar har oyning 25-sanasi yakuniga qadar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan kadrlar va vakant lavozimlar bo‘yicha ma’lumotlarni tizimga joylab boradi.

Shuningdek, bitiruvchilar ishga qabul qilinib, mehnat shartnomalari platformada ro‘yxatdan o‘tkazilgach, ularning bandligi avtomatik ravishda qayd etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talabalarni yotoqxonaga joylashtirish jarayoni bo‘yicha vazirlik izoh bergani haqida yozgandi.

Shuningdek