Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Rasmiy hujjatlar 24 – 48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda
                    
                            
Mashhur futbol jurnalisti Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Italiya futbol afsonasi Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishga kelishib oldi.
 
Manbaga ko‘ra, 2026-yilgi Jahon chempionati saralashlari arafasida Kannavaro bosh murabbiy sifatida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuv allaqachon amalga oshirilgan bo‘lib, rasmiy hujjatlar 24 – 48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasining sardori sifatida 2006-yilda Jahon chempioni bo‘lgan va o‘sha yili «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Murabbiylik faoliyati
| Klub/Jamoa | Davlat | O‘yinlar soni | G‘alaba | Durang | Mag‘lubiyat | 
|---|---|---|---|---|---|
| Al-Nassr | Saudiya Arabistoni | 14 | 6 | 5 | 3 | 
| Tyanszin Syuanszyan | Xitoy | 50 | 28 | 10 | 12 | 
| Guanchjou Evergrand | Xitoy | 125 | 79 | 23 | 23 | 
| Xitoy terma jamoasi | Xitoy | 2 | 0 | 0 | 2 | 
| Benevento | Italiya | 17 | 3 | 7 | 7 | 
| Udineze | Italiya | 6 | 2 | 3 | 1 | 
| Dinamo Zagreb | Xorvatiya | 14 | 7 | 2 | 5 | 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yilgi FIFA «U-20» Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazilishi haqida yozgan edik.
