Yangiliklar

Farg‘onada kuvaytlik shifokorlar murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi

Bundan tashqari, ular magistratura talabalarini o‘qitadi
jarrohlik
Farg‘onada kuvaytlik shifokorlar murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi. Foto: Apollo Hospitals

Farg‘onada kuvaytlik shifokorlar murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Kuvayt Jarrohlik kengashi prezidenti, Adan hospital shifokori Muhammad al-Kandari Farg‘onaga tashrif buyurdi. U viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlik masalalarni muhokama qilgan.

Shuningdek, Kuvaytning Adan shifoxonasi hamda Jarrohlik kengashi Farg‘onadagi CAMU – Xalqaro tibbiyot universiteti va Meridian klinikasi bilan hamkorlikni boshlamoqda.

Bundan tashqari, ushbu hamkorlik doirasida kuvaytlik tajribali shifokorlar Farg‘onada murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi, magistratura talabalarini o‘qitadi. Shu bilan birga, ushbu talabalarni stajirovkalarga yuborish ham rejalashtirilmoqda.

Avvalroq turkiyalik tadbirkor Toshkentda yangi klinika ochish uchun $1,2 million investitsiya kiritishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, yangi klinikani yil yakunida ishga tushirish rejalashtirilgan.