Yangiliklar

Ilon Maskning boyligi, Samarqanddagi holat, Pavel Durov Ostonada hamda Meta AI — 2-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti

Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
2-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti / Foto: SI
Ilon Mask $500 milliardlik boylikka erishdi
Ilon Mask $500 milliardlik boylikka erishdi / Foto: Founder

Ilon Mask $500 milliardlik boylikka erishdi

Tesla va boshqa startaplari tufayli Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib $500 mlrdlik sof boylikka ega bo‘ldi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, uning boyligi $500,1 mlrdni tashkil etdi.

Tolibon shimolda internetni taqiqladi
Tolibon Afg‘onistonda internetga taqiq qo‘yilishi bo‘yicha munosabat bildirdi / Foto: Ochiq manbalar

Tolibon Afg‘onistonda internetga taqiq qo‘yilishi bo‘yicha munosabat bildirdi

Tolibon Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haftada kuzatilgan uzilishlar eskirgan tolali-optik kabellarni almashtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Meta AI foydalanuvchi suhbatlaridan reklama maqsadida foydalanadi
Meta AI foydalanuvchi suhbatlaridan reklama maqsadida foydalanadi / Foto: NOYB

Meta AI foydalanuvchi suhbatlaridan reklama maqsadida foydalanadi

Meta 16-dekabrdan boshlab foydalanuvchilarning sun’iy intellekt chatboti bilan o‘tkazgan suhbatlarini reklama maqsadida qo‘llashni boshlaydi. Kompaniyaga ko‘ra, bu o‘zgarish reklamalarning yanada maqsadliroq bo‘lishini ta’minlaydi.

samolyot
Nyu-Yorkda ikkita samolyot to‘qnashdi / Foto: NDTV

Nyu-Yorkda ikkita samolyot to‘qnashdi — video

Nyu-Yorkdagi LaGuardia xalqaro aeroportida Delta Air Lines kompaniyasiga qarashli ikki samolyot taxi yo‘lagida to‘qnashib ketdi. Hodisa chorshanba kuni kechqurun, mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida yuz bergan.

AQSh xalqaro talabalar kamayishi sababli 7 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Foto: US Dream

AQSh hukumati budjet kelishmovchiligi sababli faoliyatini to‘xtatdi

1-oktabr kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan soat 09:00 da) AQShda hukumatning vaqtincha yopilishi — shatdaun boshlandi. Kongress yangi moliyaviy yil uchun budjetni qabul qila olmagani oqibatida yuzaga keldi.

Фото: Shutterstock

Qozog‘istonning Halyk Bank’iga Click ulushini sotib olishga ruxsat berildi

Qozog‘istonning Halyk Bank’iga O‘zbekiston kompaniyasi Click ulushini sotib olishga ruxsat berildi. Bu haqda qarorni Qozog‘iston Moliya bozorni tartibga solish va rivojlantirish agentligi qabul qildi.

Дуров В Казахстане
Фото: Digital Business.kz

Pavel Durov Ostonada sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qildi

Telegram egasi Pavel Durov Ostonada sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qildi. Bu haqda Kursiv Media xabar berdi. Loyiha u yerda sun’iy intellekt vazirligi tomonidan ishga tushiriladi.

паспорт Узбекистана
Foto: Aviasales.uz

Deport qilinganlarga xorijga chiqish pasporti berish tartibi belgilandi

Endilikda deport qilingan fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish tartibi belgilandi. Readmissiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar Migratsiya va personallashtirish departamenti (MvaPD) tomonidan «Pasport-viza» axborot tizimiga kiritiladi.

Foto: Videodan olindi

Samarqandda ayolni kuch bilan mashinaga o‘tqazish holati yuzasidan izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ayolni majburan mashinaga o‘tqazish aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.