Nyu-Yorkda ikkita samolyot to‘qnashdi — video

eʼlon qilindi
Hodisa sabablari hozircha noma’lum
samolyot
Nyu-Yorkda ikkita samolyot to‘qnashdi / Foto: NDTV

Nyu-Yorkdagi LaGuardia xalqaro aeroportida Delta Air Lines kompaniyasiga qarashli ikki samolyot taxi yo‘lagida to‘qnashib ketdi. Bu haqda CBCNews xabar bermoqda.

Hodisa chorshanba kuni kechqurun, mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida yuz bergan. Delta ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv past tezlikda sodir bo‘lgan. Charlotte shahridan kelgan Endeavor Air 5047-reysi fuselyaji Roanoke tomon jo‘nashga tayyorlangan 5155-reysning qanoti bilan to‘qnashgan. Endeavor Air Delta’ning shuba aviakompaniyasi hisoblanadi.

To‘qnashuv oqibatida bort kuzatuvchisidan biri yengil jarohat olgan. Jabrlangan shaxs voqea joyida tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, kasalxonaga yetkazilgan.

5047-reys bortida 61 kishi, jumladan, 57 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi bo‘lgan. 5155-reysda esa jami 32 kishi – 28 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi parvozni amalga oshirishi kerak edi.

Port Authority rasmiylari voqea aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi. Yo‘lovchilar samolyotlardan tushirilib, avtobuslar orqali terminalga olib o‘tilgan. Aviakompaniya zarur bo‘lganlarga mehmonxona taqdim etishini va ertasiga yangi reyslarga joylashtirishini bildirgan.

Hodisaning sabablari hozircha noma’lum, tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Filippinda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 69 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek