Otabek Shukurov BAA klubi bilan shartnoma imzoladi

2-oktabr 2025 17:19 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: «Baniyas»

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri Otabek Shukurov faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi. Futbolchi «Baniyas» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Shukurov BAAning bir qator jamoalari bilan muzokaralar olib borgan, ammo yakunda «Baniyas»ni tanlagan. U klubga erkin agent sifatida oʻtdi.

Ayni paytda «Baniyas» chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Klub 5-turdan keyin jamoa birorta ochko va golga ega emas.

Eslatib oʻtamiz, jamoa mavsum boshida yana bir oʻzbekistonlik futbolchi — «Nasaf» yetakchisi Akmal Mozgovoyni ham oʻz safiga qoʻshib olgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston terma jamoasi 9-oktabrda Kuvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek