O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni valiahdiga ishonch yorliqlarini topshirdi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov
O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni valiahdiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni valiahdiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistoni valiahdi va bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Marosim Ar-Riyoz shahridagi Al-Yamama saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda valiahd Saudiya podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomidan 37 ta xorijiy davlat elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 20-fevralda o‘rnatilgan. Nodirjon Turg‘unov 2024-yil mart oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, u Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakil.

Avvalroq O‘zbekistonning Livandagi yangi elchisi Abdusalom Xatamov prezident Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirgandi. Suhbatda prezident Aun O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, samimiy salomlarini yetkazgan.

Shuningdek