
2025-yil 2-oktabrdan boshlab O‘zbekiston aviatsiyasi tarixida muhim yangiliklar joriy qilindi. Bu haqda «O‘zaeronavigatsiya» markazi DUK ma’lum qildi.
Endilikda mamlakat havo hududi xalqaro miqyosda UZ kodi bilan taniladi. Bu o‘zgarish O‘zbekistonning dunyo aviatsiya xaritasida yanada aniqroq ko‘rinishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, respublika bo‘ylab yagona absolyut o‘tish balandligi – 13 ming fut va o‘tish esheloni – FL150 belgilandi. Mazkur tizim parvozlarni yagona standart asosida boshqarishga imkon yaratadi, uchuvchilar uchun qulaylik tug‘diradi va xavfsizlik darajasini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgan edik.