
Toshkent shahar prokuraturasi Bog‘saroy mahallasi aholisining Grand Mir Hotel mehmonxonasi atrofidagi vaziyat bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi bloger Nikita Makarenko.
Unga ko‘ra, ushbu hududda besh qavatdan yuqori bo‘lmagan binolarni qurish mumkinligi ko‘rsatilgan.



Shuningdek, idora yangi loyihani kelishish bo‘yicha Shaharsozlik kengashiga hech qanday hujjat kelib tushmaganini ta’kidladi. Avvalroq bu yerda uchta 30 qavatli bino qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu rejalar minglab shahar aholisi noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Hozircha Toshkent shahar hokimligi va Qurilish vazirligi matbuot xizmatlari mazkur obyekt kelajagi haqida ma’lumot bermagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxt hokimligi Grand Mir Hotel buzilishi yuzasidan izoh berganini xabar qilgandi. Unga ko‘ra, hokimlikda mehmonxona buzilishi yoki yangisi qurilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
«Mehmonxona xususiy boshqaruvda bo‘lib, bu masalani uning o‘zi hal qiladi», deydi hokimlik matbuot xizmati vakili.