
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ayolni majburan mashinaga o‘tqazish aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1-oktabr kuni soat 16:00 larda Amir Temur mahallasida 2002-yilda tug‘ilgan erkak tanishi bo‘lgan ayol bilan sayr chog‘ida o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan. So‘ng erkak ayolni muammoni hal qilish uchun mashinaga o‘tirishga taklif qilgan, biroq rad javobidan so‘ng uni majburan mashinaga o‘tqazishga uringan.
Tergovga qadar tekshiruvlar davomida ayol erkakka nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan. Holat yuzasidan erkakka nisbatan mayda bezorilik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan.
Avvalroq Surxondaryoda 15 yoshli qizni turmushga berish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, qizning otasi uning to‘yi haqida hech kim xabar bermaganini, u bu qarorni qaynonasi qabul qilganini ta’kidlagandi.