
AQSh prezidenti Donald Trampning Armaniston va Albaniyani adashtirishi Yevropa Siyosiy Hamjamiyati sammitida kulgili vaziyatga sabab bo‘ldi. Bu haqda Politico nashri ma’lum qildi.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama bu xatoni hazilomuz tarzda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan muhokama qilib, kulgi uyg‘otdi.
Tramp avval ham bir necha marotaba Armaniston o‘rniga Albaniyani tilga olib, Ozarbayjon bilan «Albaniya o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi» haqida gapirgan. Aslida esa, avgust oyida Oq uyda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan edi.
Bu Trampning yagona geografik xatosi emas: u ilgari Vengriya bosh vazirini «Turkiya yetakchisi» deb atagan, Putin bilan uchrashuvni esa «Rossiyada bo‘lib o‘tadi» degan holda noto‘g‘ri bayon qilgan.
Kuzatuvchilarga ko‘ra, bunday xatoliklar Trampning xalqaro imijiga salbiy ta’sir qilmoqda. Biroq uning chiqishlari ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda kulgi va muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Hamasga G‘azo tinchlik rejasi bo‘yicha muddat bergan edi.