Kino va seriallar

Warner Bros kompaniyasi daromadi birinchi marta 4 milliard dollardan oshdi

11 ta yangi kinopremyera orqali
Foto: Hanna Barbera Wiki

Warner Bros studiyasi 2019-yildan beri birinchi marta daromadini $4 milliarddan oshirdi. Bu haqda People Talk nashri xabar berdi.

Kompaniya bu muvaffaqiyatga 11 ta yangi kinopremyera orqali erishdi, olti yil oldingi 20 film bilan solishtirganda sezilarli farq mavjud.

Bu yil studiya filmlaridan to‘qqiztasi kinoteatrlarda namoyish etildi va kassalarda birinchi o‘rinni egalladi. Hozirga qadar filmlari AQSh va butun dunyo bo‘yicha 15 hafta davomida birinchi o‘rinda turdi, bu yil boshqa hech bir studiya bunday natijaga erisha olmadi.

Umuman olganda, Warner Bros AQSh kinoteatrlarida $1,795 milliard va xorijda $2,2 milliard daromad oldi. Shu hafta oxirida Leonardo DiCaprio bosh rol o‘ynagan «Bir jangdan ikkinchi jang» filmi butun dunyo bo‘yicha $45 million yig‘di.

«Supermen» filmi DC’ning yangi rahbarlari uchun katta muvaffaqiyat bo‘ldi, shuningdek, Michael De Luca va Pam Abdi boshchiligidagi original loyihalar – «Greshniklar» va «Formula-1», hamda «Minecraft» asosidagi yangi IP filmi katta e’tibor qozondi.

Rejissor, shuningdek, yangi «Supermen» filmining syujeti tafsilotlarini ham ochib berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ko‘cha mushugining «Formula 1»dagi sarguzashtlari haqida yozgandi.