
AnTuTu benchmark dasturida Xiaomi 17 Pro sentabr oyining eng kuchli smartfoni deb topildi. Bu haqda uning saytida ma’lum qilindi.
Smartfon o‘rtacha 3,5 million ball to‘plab, reytingda birinchi o‘ringa chiqqan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar ham Xiaomi’ning yangi modellari — 17 Pro va Xiaomi 17ga nasib etdi. Bunday holat, ya’ni bir ishlab chiqaruvchining uch modeli birdaniga kuchli uchlikni egallashi juda kam uchraydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xiaomi 17 seriyasining ustunligi uning texnik asosida yotadi. Hozircha faqat shu smartfonlar yangi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlangan. Reytingning qolgan o‘nta kuchli smartfonlari orasida faqatgina Vivo X200s (9-o‘rin) shu platformaga asoslangan. Boshqa barcha modellar avvalgi avlod Snapdragon 8 Elite chipsetiga qurilgan bo‘lib, u unumdorlikda yangisidan ortda qoladi.
Shunga qaramay, mutaxassislar oktabr oyida vaziyat o‘zgarishini kutmoqda. Chunki bozorda Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega boshqa flagmanlar ham ommaviy ravishda sotuvga chiqadi. Shunda Xiaomi flagmanlari bilan teng raqobat qiladigan yangi modellar paydo bo‘lishi mumkin.
Jadval:
O‘rin | Model | Protsessor | Xotira | Ball |
---|---|---|---|---|
1 | Xiaomi 17 Pro Max | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+1024GB | 3 507 568 |
2 | Xiaomi 17 Pro | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+1024GB | 3 503 549 |
3 | Xiaomi 17 | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+512GB | 3 492 556 |
4 | iQOO Neo10 Pro+ | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+1024GB | 3 342 128 |
5 | vivo X200 Ultra | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+1024GB | 3 324 527 |
6 | Red Magic 10S Pro+ | Snapdragon 8 Gen5 | 24GB+1024GB | 3 204 561 |
7 | OPPO Find X8 Ultra (Satellite) | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+1024GB | 3 137 585 |
8 | Honor GT Pro | Snapdragon 8 Gen5 OC | 16GB+1024GB | 3 132 141 |
9 | vivo X200s | Dimensity 9400+ | 16GB+1024GB | 3 063 873 |
10 | Redmi K80 Pro | Snapdragon 8 Gen5 | 16GB+1024GB | 2 948 253 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 17 Pro ekrani iPhone 17’dan yorqin ekanligi aytilayotgani haqida yozgan edi.