Xorazmda 5,9 mlrd dollarlik yashil aviatsiya yonilg‘isi zavodi quriladi

eʼlon qilindi
Zavod yiliga 382 ming tonna yashil aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqaradi
Xorazmda 5,9 mlrd dollarlik yashil aviatsiya yoqilg‘isi zavodi quriladi
Xorazmda 5,9 mlrd dollarlik yashil aviatsiya yoqilg‘isi zavodi quriladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Allied Biofuels kompaniyasi Xorazm viloyati hokimiyati bilan yer va suv bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Ushbu kelishuv Tuproqqal’a tumanida barqaror aviatsiya yonilg‘isi ishlab chiqaruvchi yirik biozavod qurilishi uchun asos bo‘ldi. Loyihaning qiymati $5,9 mlrd bo‘lib, zavod yiliga 382 ming tonna yashil aviatsiya yonilg‘isi (SAF), 152 ming tonna elektro-sintetik SAF (e-SAF) va 11 ming tonna «yashil» dizel ishlab chiqaradi. Uni 2 GVt quvvatga ega elektrolizatorlar qo‘llab-quvvatlaydi.

Zavod ishga tushgach, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, issiqxona gazlari chiqindilari kamayadi va O‘zbekistonning uglerod neytrallikka erishish maqsadlariga xizmat qiladi.

Xorazm hokimi Jurabek Rahimov bu loyiha hudud iqtisodiyoti uchun muhim qadam ekanini ta’kidladi. Allied Biofuels rahbari Alfred Benedikt esa zavod nafaqat yashil yonilg‘i ishlab chiqarishini, balki mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ham jadallashtirishini qayd etdi.

Mazkur loyiha O‘zbekistonni yashil energiya va innovatsion sanoat markaziga aylantirish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Avvalroq Slovakiya korxonasi $170 million investitsiya kiritib, Tuproqqal’adagi besh ming gektarda raps yetishtirish va bioyoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi barpo etishni mo‘ljallagani haqida xabar berilgandi. Janubiy Koreya investorlari esa $100 millionlik investitsiya hisobiga chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek