Avto

Yangi Toyota Corolla 2027-yilda taqdim etiladi

Yangi Toyota Corolla
Yangi Toyota Corolla 2027-yilda taqdim etiladi / Foto: Daily-motor

Toyota kompaniyasi tomonidan mashhur Toyota Corolla modelining yangi avlodi tayyorlanmoqda. Dizayni mashhur Camry’dan ilhomlangan bo‘lib, ko‘rinishi yanada chiroyli bo‘lishi mumkin.

Yangi Corolla C-shakldagi LED faralar va nafis radiator panjarasi bilan jihozlangan. Kuzov profili sport uslubida bo‘lib, faskbekni eslatadi. Shu orqali mashina klassik sedan ko‘rinishidan farq qiladi.

Texnik jihatdan qanday o‘zgarishlar kutilayotgani hozircha noma’lum. Biroq Corolla gibrid versiyalar ro‘yxatini kengaytirishi, hatto oddiy benzinli dvigatellardan voz kechishi ehtimoli bor.

Foto: Daily-motor

Toyota Corolla’ning rasmiy taqdimoti 2027-yilga yaqin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota Corolla Cross 2026 sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Model Alabama shtatidagi Xantsvill zavodida ishlab chiqariladi va mashinalar allaqachon dilerlarga yetkazilgan. Benzinli versiya $24,ming, gibrid esa $29 mingdan boshlanadi.