1-noyabrdan gaz ballon o‘rnatilganda «texpasport»ni almashtirish bekor qilinadi

eʼlon qilindi
Gaz ballon haqidagi ma’lumotlar elektron tizimda yuritiladi
Foto: Uzreport.uz

Joriy yil 1-noyabrdan avtomobilga gaz ballon o‘rnatilgach, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini (texpasport) qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Bu haqda qaror qabul qilindi.

Endilikda gaz ballon haqidagi ma’lumotlar elektron tizimda yuritiladi. Bu haydovchilar uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashning oldini olib, davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtiradi.

Qaror avtotransport sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda byurokratik jarayonlarni qisqartirishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek