49 nafar talaba Markaziy bank maxsus stipendiyasiga ega bo‘ldi

Markaziy bank iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazib kelinadigan maxsus stipendiya tanlovining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yilgi saralash jarayonida 600 dan ortiq talabalar ishtirok etib, ular orasidan 49 nafar eng bilimli va umidli yoshlar stipendiyaga munosib deb topildi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar nafaqat moddiy rag‘batga ega bo‘lishadi, balki Markaziy bank faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Oktabr oyidan boshlab ular 9 oy davomida Markaziy bankning turli tarkibiy bo‘linmalarida amaliyot o‘tab, bankning asosiy vazifalari va jarayonlarini bevosita kuzatishadi.
G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishish mumkin: Markaziy bank stipendiyasi sohiblari.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 9-sentabr kuni Markaziy bank maxsus stipendiyasi uchun tanlov e’lon qilgani haqida yozgandi.