Yangiliklar

6-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

3-oktabrda dollar 15,62 so‘m oshib, 12099,72 so‘mga teng bo‘lgan edi
dollar
Foto: Nedret Binici / Unsplash

6-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 060,48 so‘m (-39,24 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 26-sentabrda yana pasayish kuzatilib, dollar 12 199,71 so‘mni tashkil etdi. 29-sentabrda kurs 61,04 so‘mga arzonlashib, 12 138,67 so‘mga tushdi. 30-sentabrda esa pasayish davom etdi va 12 067,76 so‘m qilib belgilandi. 2-oktabrda 12 084,10 so‘m (+16,34 so‘m) etib belgilandi. 3-oktabrda dollar 15,62 so‘m oshib, 12099,72 so‘mga teng bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 66,63 so‘mga tushib, 14 156,59 so‘mni, rubl esa 1,93 so‘mga tushib, 146,97 so‘mni tashkil qildi.

Dollar nega pasaymoqda?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi mudiri Ikbaljon Kasimovning yozishicha, 2020 – 2024-yillar davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi izchil o‘sib borgan bo‘lsa-da, savdo balansining salbiy qoldig‘i saqlanib qolmoqda.

Jumladan, 2024-yilda eksport hajmi 26,94 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Import 38,98 milliard dollarga yetib savdo balansining salbiy qoldig‘i 12,03 milliard dollarga yetgan. Bu holat O‘zbekistonning tashqi savdosida ijobiy o‘sish tendensiyasi bilan birga, importning ustunligini va savdo disbalansi muammosi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. 

Avvalroq dollar kursi sentabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik.