Yangiliklar

AQSh Oʻzbekistonda «zapravkalar» tarmog‘ini ochadi

Gulf kompaniyasi
Foto: Wikimedia

Oʻzbekiston va AQSh qiymati $3-4 milliardga teng energetika loyihalari boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, sarmoyalar xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va bir nechta yoʻnalishlarni qamrab oladi. Jumladan, Air Products kompaniyasi yangi investitsiyalar kiritishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Schlumberger va Baker Hughes kompaniyalari bilan burgʻilashda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha kelishuv imzolangan. Bundan tashqari, Gulf kompaniyasi bilan birgalikda $100 millionlik yonilgʻi quyish shoxobchalari qurish boʻyicha ham memorandum tuzildi.

Shu bilan birga, mamlakat Rossiya bilan AES qurishni ham rejalashtirayotgani energiya manbalarini faqat bitta yoʻnalishga bogʻlamasdan, turli manbalar orqali barqarorlikka intilayotganidan dalolat beradi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Qozog‘istondan benzin sotib olmayotgani haqida yozgandi.