
29-sentabr kuni Istanbul shahrida o‘zbekistonlik bloger «Jasmin» (Muzaffar Rahimov) va yana besh nafar fuqaro hibsga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, ular giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. Mahalliy politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuv vaqtida ashyoviy dalillar topilgan va ekspertizaga yuborilgan.
Ular Istanbulning Maltepe tumanidagi yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Britaniyada Rossiya josusligida gumonlanuvchi shaxslar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.