
Andijonning milliy raqsi – «Andijon polkasi» xalqaro sahnaga chiqmoqda. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Viloyat turizm boshqarmasi hamda Yevropaning yirik telekanali Euronews mazkur raqsni tasvirga olib, uni jahon tomoshabinlariga namoyish etishni rejalashtirmoqda.
«Asrlar davomida xalqimizning to‘y va bayramlarida ijro etilgan quvnoq va jo‘shqin ohangli ‘Andijon polkasi’ milliy madaniyatimiz ramziga aylangan», deydi mutaxassislar.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston raqs san’ati va Andijonning boy madaniy merosini dunyo miqyosida targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti namoyish etilgan edi.