Hasanboy Doʻstmatov Bishkekda meksikalik bokschiga qarshi ringga chiqadi

3-oktabr 2025 14:45 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: MOQ

Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Hasanboy Doʻstmatov navbatdagi jangini 25 – 26-oktabr kunlari Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida tashkil etiladigan boks kechasida o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Doʻstmatovning raqibi meksikalik tajribali bokschi Rene Kalisto boʻladi. Ular oʻta yengil vazn (50,8 kg) toifasida IBF reytingida yuqori oʻrin uchun bahs olib boradi.

32 yoshli Doʻstmatov professional ringda 7 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. Rene Kalisto esa hozirga qadar 25-marta ringga chiqib, 23 gʻalaba, 1 magʻlubiyat va 1 durang natija qayd etgan.

Hozirgi paytda IBF reytingida Kalisto 7-oʻrinda, Doʻstmatov esa 8-pogʻonada qayd etilgan. Bishkekdagi jang ikki charm qoʻlqop ustasi uchun ham muhim sinov boʻlishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek