Ilon Maskning O‘zbekistonga kelishi, poyezd chiptalariga chegirmalar, Jahon chempionati 2026 rasmiy to‘pi — 3-oktabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 3-oktabrning muhim yangiliklarini bitta joyga jamladi
Площадь Регистан
Foto: Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 3-oktabrning muhim yangiliklarini bitta joyga jamladi.

3-oktabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

dollar
Foto: Depositphotos

Tijorat banklari 3-oktabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Sotib olish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 090 so‘m«Universalbank»
EUR14 275 so‘m«Milliybank»
RUB149 so‘m«Kapitalbank»

Sotish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 065 so‘m«Kapitalbank»
EUR14 030 so‘m«Milliybank»
RUB139 so‘m«Hamkorbank»

UzAirways Sankt-Peterburg yo‘nalishida aksiya e’lon qildi

UzAirways
Foto: «Uzairways»

Uzbekistan Airways 25-oktabrgacha Sankt-Peterburgga parvozlarda maxsus aksiya joriy etdi. Aksiya doirasida ekonom-klass yo‘lovchilari 32 kilogrammgacha yukni bepul tashish huquqiga ega bo‘ladi. Bu imkoniyat chiptaning sotib olingan sanasidan qat’i nazar, barcha reyslarga, jumladan, Siberia Airlines (S7) bilan Code-Share asosida rasmiylashtirilgan chiptalarga ham tatbiq etiladi.

Ilon Mask qatnashadigan Xalqaro astronavtika kongressi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Foto: Wikipedia

Markaziy Osiyoda ilk bor nufuzli International Astronautical Congress (IAC-2028) Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qaror Sidneydagi kongressda qabul qilindi, deya xabar berdi O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Safe Road orqali chiroyli avtoraqamlar savdosi ishga tushdi

YHXX haydovchilar
Foto: stefanovicigor / www.depositphotos.com

Safe Road mobil ilovasida endilikda chiroyli avtoraqamlarni sotib olish mumkin. Unga ko‘ra, avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1 − 3-toifa raqam belgilarini yagona oshirilgan to‘lov asosida olish imkoniyati yaratildi.

Keksalar uchun poyezd chiptalariga 20 foiz chegirma e’lon qilindi

Toshkent – Olot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston temiryo‘llari turizm oyligi doirasida pensiyadagilar uchun chegirma e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2 – 8-oktabr hamda 1 – 30-noyabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezd chiptalarining tarif qismiga 20 foizlik chegirma beriladi.

O‘zbekiston va Avstraliya sug‘orish tizimlarini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Avstraliya sug‘orish tizimlarini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Avstraliya sug‘orish tizimlarini raqamlashtirishda hamkorlik qiladi / Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Avstraliyada Rubicon Water kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Yandex Go taksi xizmatini kar va zaif eshituvchilar uchun moslashtirdi

Foto: Yandex Go

Yandex Go platformasi kar va zaif eshituvchi haydovchilar uchun yangi imkoniyatlarni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv’ga ma’lum qildi.

Endilikda ular xizmatga telefon qo‘ng‘iroqlarisiz, maxsus moslashtirilgan veb-sayt orqali ulanib, o‘quv materiallarini ishora tilida o‘rganishlari mumkin. Avtomobillarda haydovchi va yo‘lovchi o‘zaro muloqot qilishi uchun maxsus kartochkalar ham joriy etildi.

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab eski avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomobillardan foydalanish hamda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish cheklanishi mumkin. Hujjatga ko‘ra, mazkur transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqariladi, ammo «antikvar» toifasiga kiradigan mashinalar ushbu cheklovdan ozod etiladi.

2026-yilgi Jahon chempionati rasmiy toʻpi taqdim etildi

Foto: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati uchun rasmiy toʻpni namoyish etdi.

Ma’lum qilinishicha, Adidas tomonidan ishlab chiqilgan va Trionda deb nomlangan toʻp musobaqa mezbonlari — Kanada, Meksika va AQShning birdamligini ramziy ifodalaydi. Ispan tilidan olingan Trionda nomi «uch toʻlqin» degan ma’noni anglatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2-oktabr kungi muhim xabarlar dayjesti haqida yozgandi.

Shuningdek