
iQOO kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan yangi iQOO 15 smartfoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu haqda Weibo tarmog‘ida ma’lum qilindi.
Smartfon birinchi marta simsiz quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ladi. Model IP68/IP69 himoya darajasi, yangi avlod ultratovushli barmoq izi skaneri va USB 3.2 porti bilan jihozlanadi.

Displeyga alohida e’tibor qaratilgan. Qurilma Samsung’ning 2K LEAD OLED paneli bilan keladi. Ekran 144 Hz yangilanish tezligi va 2600 nit maksimal yorqinlikni ta’minlaydi.
Smartfonning batareyasi 7000 mA/soat bo‘lib, u 100 Vt tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Simsiz quvvatlash quvvati esa keyinroq e’lon qilinadi. Qurilma yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi.

Smartfonning rasmiy taqdimot sanasi 15-oktabr etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iQOO 15 flagmani periskop kamera bilan chiqishi haqida yozgan edi.