Gadjetlar

iQOO 15 smartfoni uchun oldindan buyurtmalar boshlandi

Rasmiy taqdimot sanasi 15-oktabr etib belgilangan
iQOO 15 flagmani uchun oldindan buyurtmalar boshlandi / Foto: iQOO

iQOO kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan yangi iQOO 15 smartfoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu haqda Weibo tarmog‘ida ma’lum qilindi.

Smartfon birinchi marta simsiz quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ladi. Model IP68/IP69 himoya darajasi, yangi avlod ultratovushli barmoq izi skaneri va USB 3.2 porti bilan jihozlanadi.

Foto: iQOO

Displeyga alohida e’tibor qaratilgan. Qurilma Samsung’ning 2K LEAD OLED paneli bilan keladi. Ekran 144 Hz yangilanish tezligi va 2600 nit maksimal yorqinlikni ta’minlaydi.

Smartfonning batareyasi 7000 mA/soat bo‘lib, u 100 Vt tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Simsiz quvvatlash quvvati esa keyinroq e’lon qilinadi. Qurilma yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi.

Foto: iQOO

Smartfonning rasmiy taqdimot sanasi 15-oktabr etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iQOO 15 flagmani periskop kamera bilan chiqishi haqida yozgan edi.