
O‘zbekiston temiryo‘llari turizm oyligi doirasida pensiyadagilar uchun chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2 – 8-oktabr hamda 1 – 30-noyabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezd chiptalarining tarif qismiga 20 foizlik chegirma beriladi.
Chegirma 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan katta erkaklarga taalluqli bo‘lib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari bundan mustasno.
Chiptalarni eticket.railway.uz onlayn platformasi orqali elektron tarzda yoki barcha chiptaxonalardan xarid qilish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» UzAirways pensiya yoshidagi fuqarolarga 15 foiz chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.
Maxsus taklif «Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida 1-noyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga tatbiq etiladi.