Sport

«Manchester Siti» Gvardiolani is’tefoga chiqarishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi

«Manchester Siti» Guardiolani is’tefoga chiqarishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi / Foto: Ochiq manbalar

«Manchester City» bosh murabbiyi Pep Guardiolaning kelajagi endi Chempionlar ligasidagi natijaga bog‘liq. Bu haqda Donbalon nashri xabar bermoqda.

Rahbariyat murabbiydan jamoani hech bo‘lmaganda chorak finalga olib chiqishni talab qilmoqda. Klubda kataloniyalik mutaxassis xizmatlari yuksak qadrlansa-da, «Etihad»dagi davri tugash arafasida bo‘lishi mumkin.

Agar «shaharliklar» yana kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka duch kelsa, qaror qat’iy — Gvardiola iste’foga chiqariladi va yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi. «Manchester City» rahbariyati uchun Chempionlar ligasi asosiy maqsadga aylangan, chorak finalga chiqmaslik esa mutlaqo qabul qilinmaydi.

Mutaxassisning o‘zi ham bosimni yaxshi his qilgan. Guardiola uchun bu mavsum so‘nggi imkoniyat sifatida qaralmoqda. Chorak finalga chiqish unga «Etihad»da yana bir yilni nisbatan xotirjam o‘tkazish imkonini berishi mumkin. Aks holda rahbariyat murabbiy almashinuvi jarayonini darhol boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan dunyoning eng qimmat futbol brendlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.